Ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha uziladi: ko‘chalar ro‘yxati e’lon qilindi
Toshkentdagi ayrim ko‘chalar va turar joy majmualarida 19-oktyabrdan 20-oktyabrgacha ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi ayrim ko‘chalar va turar joy majmualarida 19-oktyabr soat 09:00 dan 20-oktyabr soat 15:00 gacha ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida olib borilayotgan rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq.
Suv ta’minoti «Sohibkor-1», «Sohibkor-2», «Sohibkor-3», «Sohibkor-4», «Sohibkor-5-tor», «Oqtepa-1», «Oqtepa-2», «Oqtepa-3», «Oqtepa-4», «Oqtepa-5-tor», «O‘qituvchilar-1», «O‘qituvchilar-2», «O‘qituvchilar-3-tor», «Chinobod», «Chinobod-1», «Chinobod-2», «Chinobod-3», «Chinobod-4», «Chinobod-5», «Chinobod-6», «Chinobod-7», «Chinobod-8-tor», «Yangishahar-6», «Yangishahar-7», «Yangishahar-8», «Yangishahar-9-tor» ko‘chalari hamda «Otchopar» va «Obiravon» ko‘chalarida vaqtincha uziladi.
Shuningdek, «Manzara» turar joy majmuasi, «High Town City» turar joy majmuasi va uning savdo-ko‘ngilochar majmuasi, «Hayot» klinikasida ham suv bo‘lmaydi.
Qozonxonalardagi suv ta’minoti uzilishi sababli ayrim hududlarda ichimlik suvi bilan birga issiq suv ta’minoti ham to‘xtashi mumkin.
Suv ta’minoti vaqtincha uzilgan manzillarga maxsus texnikalar orqali ichimlik suvi yetkazib berilishi ma’lum qilindi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (+998 71) 256-10-95, (+998 71) 252-60-08 yoki 1054 raqamlariga murojaat qilish mumkin.








