Jahon

Isroillik ko‘chmanchilar diplomatlarga hujum qildi: Fransiya meri ham kaltaklandi

Delegatsiya falastinlik zaytun yig‘uvchilar holidan xabar olish uchun bosib olingan G‘arbiy Sohilga kelgan.

Isroillik ko‘chmanchilar diplomatlarga hujum qildi: Fransiya meri ham kaltaklandi

Bosib olingan G‘arbiy Sohildagi Taybeh qishlog‘i yaqinida isroillik ko‘chmanchilar yevropalik diplomatlar va Fransiya meriga hujum qildi. Shanba kuni delegatsiya falastinlik zaytun yig‘uvchilar holidan xabar olish uchun kelganida, isroillik ko‘chmanchilar ularga qarshi chiqqan.

 

Belgiya tashqi ishlar vaziri Maksim Prevo ma’lum qilishicha, hujum vaqtida Belgiyaning bosh konsuli, Fransiya va Polsha diplomatlari hamda katolik cherkovi vakillari nishonga olingan. Fransiyalik mer Bernar Bodu hujumga uchragan, Belgiya avtomobiliga zarar yetkazilgan.

 

Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro Isroilni hujumda ishtirok etgan ko‘chmanchilarni hibsga olish va javobgarlikka tortishga chaqirdi. Belgiya ham hodisani qoraladi.

 

Al Jazeera muxbiri Nur Odehning xabar berishicha, hujumchilar diplomatlarning avtomobillarini qurshab olib, ularga tosh otgan va oynalarini sindirgan. Hodisa yuzasidan Isroil politsiyasi tergov boshlagan.

 

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu idorasi esa hujum haqidagi xabarlar ishonchli dalillar bilan tasdiqlanishi kerakligini bildirgan.

 

Ma’lumot uchun, hujumdan bir kun oldin ham isroillik ko‘chmanchilar Ramalloh shimolida AQSHlik jurnalistga hujum qilgan edi. Ko‘chmanchilarning zo‘ravonliklari bosib olingan G‘arbiy Sohilda falastinliklarning zaytun hosilini yig‘ishiga ham to‘sqinlik qilmoqda.

Sankt-Peterburgga dronlar hujum qildi: neft terminali va VK ma’lumotlar markazi nishonga olindi

Sankt-Peterburgga dronlar hujum qildi: neft terminali va VK ma’lumotlar markazi nishonga olindi

Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati dronlar hujumiga uchradi.

Janubiy Koreyada umrbodga qamalgan o‘zbekistonlik ozod qilindi: sud ishni qayta ko‘rib chiqadi

Janubiy Koreyada umrbodga qamalgan o‘zbekistonlik ozod qilindi: sud ishni qayta ko‘rib chiqadi

Sud 2009-yildagi taksi haydovchisi qotilligi bo‘yicha tergovda qonunbuzarliklar aniqlangani sababli ishni qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi.

Tramp va Putinning dizel kelishuvi: AQSH Kongressida uni bekor qilish taklif etildi

Tramp va Putinning dizel kelishuvi: AQSH Kongressida uni bekor qilish taklif etildi

Qonun loyihasi qabul qilinsa, Rossiya dizelini xalqaro bozorlarga yetkazib berishga berilgan vaqtinchalik ruxsat bekor qilinishi mumkin.

“Do‘zax sanksiyalari”: Tramp Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarni bekor qildi

“Do‘zax sanksiyalari”: Tramp Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarni bekor qildi

AQSh prezidenti Rossiya nefti va gazini xarid qiluvchi ayrim davlatlarga tariflar joriy etish choralarini ham to‘xtatdi.

Ikki samolyot Moskvaga qo‘na olmadi: O‘zbekiston reyslari yo‘nalishi o‘zgartirildi

Ikki samolyot Moskvaga qo‘na olmadi: O‘zbekiston reyslari yo‘nalishi o‘zgartirildi

Moskvada ehtimoliy dron hujumi xavfi sabab “Kovyor” rejimi joriy etilgani haqida xabarlar tarqaldi.

“Yashashda davom etishingiz kerak”: Janubiy Koreya prezidenti fuqarolarga murojaat qildi

“Yashashda davom etishingiz kerak”: Janubiy Koreya prezidenti fuqarolarga murojaat qildi

Mamlakat 2030-yilgacha o‘z joniga qasd qilish darajasini pasaytirmoqchi.

Ar-Riyod aeroportidagi vaziyat: Rossiya fuqarolariga Saudiya Arabistoniga bormaslik tavsiya qilindi

Ar-Riyod aeroportidagi vaziyat: Rossiya fuqarolariga Saudiya Arabistoniga bormaslik tavsiya qilindi

Hozircha Rossiya fuqarolarini evakuatsiya qilishni rejalashtirmayapti.

Eron husiylarga Ar-Riyod aeroportiga hujum qilishda yordam bergan — WSJ

Eron husiylarga Ar-Riyod aeroportiga hujum qilishda yordam bergan — WSJ

Eronning ko‘magi harbiy tayyorgarlik, razvedka va raketalarni boshqarish bo‘yicha yordamni o‘z ichiga olgan.