O'zbekiston

Marko Rubio: “O‘zbekiston bilan hamkorlik biz uchun muhim”

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio O‘zbekistonga tashrifi arafasida nega aynan hozir, dunyoda inqirozlar avj olgan bir paytda Samarqandga yo‘l olgani haqidagi savolga javob berdi.

Marko Rubio: “O‘zbekiston bilan hamkorlik biz uchun muhim”

Rubio O‘zbekiston bilan munosabatlarni strategik ahamiyatga ega deb atadi. Uning ta’kidlashicha, bu safar biror inqiroz yoki muammo sababli emas, aynan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

 

“Shunday davlatlar borki, ular bilan munosabatlarimizni rivojlantirish uchun borishni istaymiz”, — dedi Davlat kotibi.

 

Rubio O‘zbekiston va qo‘shni Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni mustahkamlash AQSh tashqi siyosatining muhim yo‘nalishi ekanini qayd etdi.

 

Davlat departamenti xabariga ko‘ra, Rubio 17–22 oktyabr kunlari Samarqand hamda Hindistonning Mumbay va Jamnagar shaharlariga tashrif buyuradi.

 

Samarqand tashrifning ilk manzili bo‘ladi. Bu yerda u C5+1 formatidagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi va O‘zbekiston rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazadi. Muzokaralarda savdoni kengaytirish, xususiy sektor investitsiyalarini jalb qilish va mintaqada iqtisodiy modernizatsiyani qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.

 

Tashrifning yana bir muhim jihati — Davlat kotibi bilan birga Samarqandga 200 dan ortiq biznes yetakchilaridan iborat AQSh tijorat delegatsiyasi keladi. Bu ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikda yangi bosqich boshlanayotganidan dalolat beradi.

 

So‘nggi yillarda Toshkent va Vashington o‘rtasidagi aloqalar sezilarli darajada kengaydi. O‘zbekiston va AQSh energetika, transport, muhim foydali qazilmalar, raqamli texnologiyalar va qishloq xo‘jaligini qo‘shma loyihalar uchun ustuvor sohalar sifatida belgilagan.

 

Ramziy jihati ham bor: C5+1 platformasi 2015-yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning ilk vazirlar uchrashuvi aynan Samarqandda o‘tkazilgan. Oradan o‘n yildan ortiq vaqt o‘tib, format yana qadimiy shaharga qaytmoqda.

 

O‘zbekiston va AQSH munosabatlari: Markaziy Osiyo jahon matbuoti diqqat markazida

O‘zbekiston va AQSH munosabatlari: Markaziy Osiyo jahon matbuoti diqqat markazida

Marko Rubioning O‘zbekistonga tashrifi xalqaro nashrlarda yoritildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Prezidentga majmuani rivojlantirish, ziyorat turizmini kengaytirish va allomaning ilmiy merosini dunyoga targ‘ib qilish ishlari haqida axborot berildi.

Samarqandda xalqaro tadbirlar: ayrim yo‘llarda harakat cheklanadi

Samarqandda xalqaro tadbirlar: ayrim yo‘llarda harakat cheklanadi

18–22-oktyabr kunlari xalqaro tadbirlar sabab shaharga kirish yo‘llari va 16 ta markaziy ko‘chada transport harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi.

O‘yinchoq ichidan gashish chiqdi: ayol ushlandi

O‘yinchoq ichidan gashish chiqdi: ayol ushlandi

Giyohvand modda Toshkentga olib ketilayotgan bo‘lgan.

Islom sivilizatsiyasi markazi va «Rossiya» milliy markazi madaniy va ilmiy hamkorlikning yangi bosqichini boshladi

Islom sivilizatsiyasi markazi va «Rossiya» milliy markazi madaniy va ilmiy hamkorlikning yangi bosqichini boshladi

2027-yilda Rossiya va O‘zbekistonda ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 35 yilligiga bag‘ishlangan o‘zaro madaniyat kunlari o‘tkaziladi.

Toshkentda issiq suv sifati: me’yoriy ko‘rsatkichlar tiklandi

Toshkentda issiq suv sifati: me’yoriy ko‘rsatkichlar tiklandi

Suv namunalari laboratoriyalarda tekshirilib, belgilangan me’yorlarga mosligi aniqlangan.

O‘zbekiston va Xitoy aloqalari: mamlakatlar o‘rtasidagi aviaqatnovlar soni oshirilishi mumkin

O‘zbekiston va Xitoy aloqalari: mamlakatlar o‘rtasidagi aviaqatnovlar soni oshirilishi mumkin

O‘zbekiston Prezidenti Xitoy Davlat kengashi Bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi.

«Qattiq chora ko‘ring»: ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan yigit qamaldi

«Qattiq chora ko‘ring»: ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan yigit qamaldi

22 yoshli yigit yo‘l bo‘yida savdo qilayotgan ayolga nomaqbul taklif bilan murojaat qilgan.