Jahon

Saudiya Arabistonida vertolyot quladi: ikki ekipaj a’zosi halok bo‘ldi

Rasmiylar bunga texnik nosozlik sabab bo‘lganini bildirgan, Yamandagi husiylar esa vertolyot raketa bilan urib tushirilganini da’vo qilmoqda.

Saudiya Arabistonida vertolyot quladi: ikki ekipaj a’zosi halok bo‘ldi

Saudiya Arabistonining Najran viloyatida AH-6i rusumli razvedka vertolyoti qulab tushdi. Hodisa oqibatida ikki nafar ekipaj a’zosi halok bo‘ldi. Bu haqda Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya vakili Turki al-Malikiy ma’lum qildi.

 

Bayonotga ko‘ra, vertolyot Saudiya Arabistoni Milliy gvardiya vazirligi yurisdiksiyasidagi hududda texnik nosozlik sabab qulagan.

 

Biroq Yamandagi husiylar vertolyot raketa bilan urib tushirilganini da’vo qildi. Guruh yakshanba kuni Saudiya Arabistonining AH-6i vertolyotiga Najran yaqinida hujum qilingani aks etgan videoni e’lon qildi. Reuters agentligi videodagi holatni mustaqil ravishda tasdiqlay olmagan. Saudiya Arabistoni rasmiylari husiylarning da’vosiga hozircha izoh bermagan.

 

Husiylarning harbiy vakili Yahyo Sariy shanba kuni ham Najran yaqinida Saudiya Arabistonining Apache vertolyoti urib tushirilganini bildirgan edi. Bu bayonot ayni hodisaga tegishli yoki yo‘qligi noma’lum.

 

Koalitsiya vakili Turki al-Malikiy esa husiylarning da’vosiga javoban Apache vertolyotlari suratini e’lon qilib, ulardan biri tez orada jang maydoniga qaytishini ta’kidladi.

 

So‘nggi haftalarda Najranda Eron bilan ittifoqchi bo‘lgan husiylarning hujumlari kuchaygan. Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya va husiylar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar Yamandagi mojaroning yanada keskinlashishiga sabab bo‘lmoqda.

Isroillik ko‘chmanchilar diplomatlarga hujum qildi: Fransiya meri ham kaltaklandi

Isroillik ko‘chmanchilar diplomatlarga hujum qildi: Fransiya meri ham kaltaklandi

Delegatsiya falastinlik zaytun yig‘uvchilar holidan xabar olish uchun bosib olingan G‘arbiy Sohilga kelgan.

Sankt-Peterburgga dronlar hujum qildi: neft terminali va VK ma’lumotlar markazi nishonga olindi

Sankt-Peterburgga dronlar hujum qildi: neft terminali va VK ma’lumotlar markazi nishonga olindi

Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati dronlar hujumiga uchradi.

Janubiy Koreyada umrbodga qamalgan o‘zbekistonlik ozod qilindi: sud ishni qayta ko‘rib chiqadi

Janubiy Koreyada umrbodga qamalgan o‘zbekistonlik ozod qilindi: sud ishni qayta ko‘rib chiqadi

Sud 2009-yildagi taksi haydovchisi qotilligi bo‘yicha tergovda qonunbuzarliklar aniqlangani sababli ishni qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi.

Tramp va Putinning dizel kelishuvi: AQSH Kongressida uni bekor qilish taklif etildi

Tramp va Putinning dizel kelishuvi: AQSH Kongressida uni bekor qilish taklif etildi

Qonun loyihasi qabul qilinsa, Rossiya dizelini xalqaro bozorlarga yetkazib berishga berilgan vaqtinchalik ruxsat bekor qilinishi mumkin.

“Do‘zax sanksiyalari”: Tramp Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarni bekor qildi

“Do‘zax sanksiyalari”: Tramp Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarni bekor qildi

AQSh prezidenti Rossiya nefti va gazini xarid qiluvchi ayrim davlatlarga tariflar joriy etish choralarini ham to‘xtatdi.

Ikki samolyot Moskvaga qo‘na olmadi: O‘zbekiston reyslari yo‘nalishi o‘zgartirildi

Ikki samolyot Moskvaga qo‘na olmadi: O‘zbekiston reyslari yo‘nalishi o‘zgartirildi

Moskvada ehtimoliy dron hujumi xavfi sabab “Kovyor” rejimi joriy etilgani haqida xabarlar tarqaldi.

“Yashashda davom etishingiz kerak”: Janubiy Koreya prezidenti fuqarolarga murojaat qildi

“Yashashda davom etishingiz kerak”: Janubiy Koreya prezidenti fuqarolarga murojaat qildi

Mamlakat 2030-yilgacha o‘z joniga qasd qilish darajasini pasaytirmoqchi.

Ar-Riyod aeroportidagi vaziyat: Rossiya fuqarolariga Saudiya Arabistoniga bormaslik tavsiya qilindi

Ar-Riyod aeroportidagi vaziyat: Rossiya fuqarolariga Saudiya Arabistoniga bormaslik tavsiya qilindi

Hozircha Rossiya fuqarolarini evakuatsiya qilishni rejalashtirmayapti.