O'zbekiston

C5+1 doirasidagi muhim yangilik: O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi

Yangilik C5+1 formatidagi tadbirlar doirasida e’lon qilindi.

C5+1 doirasidagi muhim yangilik: O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi

 

Samarqand shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH o‘rtasidagi C5+1 formatidagi tadbirlar doirasida raqamli texnologiyalarga bag‘ishlangan panel sessiyasi tashkil etilmoqda.

 

Sessiyada Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH davlat idoralari vakillari, shuningdek, yetakchi kompaniyalar vakillari ishtirok etmoqda.

 

Tadbirning muhim yangiliklaridan biri Google Pay to‘lov xizmatining O‘zbekistonda ishga tushirilgani bo‘ldi. Bu haqda Google Cloud kompaniyasining davlat siyosati va davlat tashkilotlari bilan aloqalar yo‘nalishi rahbari Marcin Krasuski ma’lum qildi.