Jahon

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dengiz orqali yuk tashishdagi uzilishlar, urushlar va qurg‘oqchilik global oziq-ovqat narxlarining oshishiga sabab bo‘lmoqda.

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Reuters agentligining BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh iqtisodchisi Maksim Toreroga tayanib xabar berishicha, bir nechta omil bir vaqtning o‘zida jahon oziq-ovqat tizimiga bosim o‘tkazmoqda. Bu, ayniqsa, daromadi past va o‘rtacha bo‘lgan mamlakatlar aholisiga ta’sir qilmoqda.

 

Indoneziyada mavsumiy yomg‘irlarning kechikishi kutilayotgani sababli guruch narxi rekord darajaga yaqinlashgan. Misrda non 25 foizga qimmatlashgan, Hindistonda esa musson yomg‘irlari so‘nggi o‘n yildan ortiq vaqt ichidagi eng past darajada bo‘lgani sababli shakar narxi tarixiy maksimumga yetgan.

 

Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, tahlil qilingan 150 ta mamlakatning 22 foizida sentyabr choragida oziq-ovqat narxlari o‘sishi umumiy inflyatsiyadan yuqori bo‘lgan. FAOning oziq-ovqat narxlari indeksi sentyabr oyida o‘rtacha 136 punktni tashkil etib, 2022-yil noyabridan buyon eng yuqori ko‘rsatkichga yetgan.

 

Narxlar oshishiga Qora dengizdagi don infratuzilmasiga qilingan hujumlar ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu bug‘doy yetkazib berishda uzilishlarni keltirib chiqargan. Qizil dengizdagi beqarorlik esa kemalarni Afrika atrofidan o‘tuvchi uzoqroq va qimmatroq yo‘nalishlarga burishga majbur qilmoqda.

 

Bundan tashqari, harbiy-siyosiy keskinlik yoqilg‘i narxlarini oshirib, Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘g‘itlar eksportiga xalaqit bermoqda. Natijada qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish xarajatlari ham ko‘paymoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, bug‘doy narxi 30 foizdan ko‘proqqa, Osiyoning asosiy guruch eksport qiluvchi mamlakatlarida esa guruch narxi 10–13 foizga oshgan. Ayrim muhim dengiz yo‘nalishlarida yuk tashish tariflari ham neft narxining ko‘tarilishi va harbiy xavflar bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar sabab taxminan 50 foizga qimmatlashgan.

 

Oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilari xomashyo va logistika xarajatlarining oshishini qayd etmoqda. Misr poytaxti Qohiradagi novvoyxona egalari esa un bilan bir qatorda elektr energiyasi, suv, xamirturush va ishchi kuchi xarajatlari ham ortib borayotganini bildirgan.

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Fuqarolarga transportdagi ehtimoliy uzilishlar va reyslar bekor qilinishini hisobga olish tavsiya etildi.

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri mamlakat dushmanlariga yanada kuchli zarbalar berilishi mumkinligini bildirdi.

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

AQSh Davlat kotibi Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishish qiyinligicha qolayotganini bildirdi.

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Sanalar yangi oyning ko‘rinishiga qarab bir kunga oldinga yoki keyinga surilishi mumkin.

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

Aroqchi Netanyaxuni AQShni Eron bilan yangi urushga tortishga urinayotganlikda aybladi.

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

2025-yil oxirida shaharda bu yosh guruhiga mansub 5,29 million kishi yashagan.

13 yoshgacha — taqiq, o‘smirlarga cheklov: Germaniya ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solmoqchi

13 yoshgacha — taqiq, o‘smirlarga cheklov: Germaniya ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solmoqchi

Hukumat bolalarning internetdagi xavfsizligini ta’minlash uchun yangi choralarni ma’qulladi.

Saudiya Arabistonida vertolyot quladi: ikki ekipaj a’zosi halok bo‘ldi

Saudiya Arabistonida vertolyot quladi: ikki ekipaj a’zosi halok bo‘ldi

Rasmiylar bunga texnik nosozlik sabab bo‘lganini bildirgan, Yamandagi husiylar esa vertolyot raketa bilan urib tushirilganini da’vo qilmoqda.