Maktablarda kuzgi ta’til qachon boshlanadi?
Umumta’lim maktablarida kuzgi ta’til olti kalendar kun davom etadi.

O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida 2026-yilgi kuzgi ta’til 4-noyabr, chorshanba kuni boshlanib, 9-noyabr, dushanba kuniga qadar davom etadi.
Birinchi chorakning so‘nggi o‘quv kuni 3-noyabrga to‘g‘ri keladi. Ta’til jami olti kalendar kunni tashkil etadi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, umumta’lim maktablarida ikkinchi chorak darslari 10-noyabr, seshanba kunidan boshlanadi.








