O‘zbekiston aholisi 39,5 milliondan oshdi: eng ko‘p aholi qaysi viloyatda?
Bir yil ichida aholi soni 692,2 ming kishiga oshdi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-oktyabr holatida O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 39 535 225 kishini tashkil etdi. Hisob-kitoblarda aholini ro‘yxatga olish natijalari ham inobatga olingan.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan aholi soni 692,2 ming kishiga yoki 1,8 foizga oshgan.
Hududlar kesimida eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona va Toshkent viloyatlari turibdi. Eng kam aholi esa Sirdaryo viloyatida istiqomat qiladi.
Hududlar bo‘yicha doimiy aholi soni:
-
Samarqand viloyati — 4 462 783 kishi;
-
Farg‘ona viloyati — 4 293 001 kishi;
-
Toshkent viloyati — 3 799 043 kishi;
-
Qashqadaryo viloyati — 3 746 228 kishi;
-
Andijon viloyati — 3 574 464 kishi;
-
Toshkent shahri — 3 278 512 kishi;
-
Namangan viloyati — 3 190 767 kishi;
-
Surxondaryo viloyati — 3 030 030 kishi;
-
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 2 166 044 kishi;
-
Xorazm viloyati — 2 162 068 kishi;
-
Buxoro viloyati — 2 125 129 kishi;
-
Jizzax viloyati — 1 545 176 kishi;
-
Navoiy viloyati — 1 196 559 kishi;
-
Sirdaryo viloyati — 965 421 kishi.








