Registonga tashrif: Marko Rubio Samarqand bilan tanishmoqda
Unga turmush o‘rtog‘i Janett Rubio va Saida Mirziyoyeva hamrohlik qilmoqda.

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Samarqanddagi kunini Registon maydoni bo‘ylab ekskursiya bilan boshladi. Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilindi.
Unga turmush o‘rtog‘i Janett Rubio hamda O‘zbekiston Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva hamrohlik qildi.
Registon — Samarqandning eng mashhur tarixiy obidalaridan biri bo‘lib, O‘zbekistonning boy tarixi va madaniy merosini namoyon etadi.
Eslatib o‘tamiz, Marko Rubio kuni kecha Samarqandga tashrif buyurdi. Safar dasturidan O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi ikki tomonlama uchrashuvlar hamda «C5+1» formatidagi tadbirlar o‘rin olgan.








