Marko Rubio: Saida nihoyatda iste’dodli, aqlli va mehnatkash inson
AQSh Davlat kotibi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning faoliyatini e’tirof etdi.

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning faoliyatini yuqori baholadi.
“Barchamizni bir joyga jamlagan mezbonlarga — AQSh–O‘zbekiston biznes va investitsiya kengashiga hamda uning ikki hamraisiga alohida rahmat aytmoqchiman. Ulardan biri — yuqorida tilga olganim, maxsus vakilimiz, elchi Serjio Gor. Va O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva.
Biz uni shunchaki Saida deb chaqiramiz. Chunki uni turli joylarda, ko‘plab tadbirlarda uchratamiz. U nihoyatda iste’dodli, aqlli va mehnatkash inson. Bu ishga ajratgan vaqtingiz va kuch-g‘ayratingiz uchun ikkingizga ham rahmat. Bugungi oqshom sizlarsiz amalga oshmas edi.
Ular hamda B5+1 guruhi bilan birgalikda davlatlarimiz va xususiy sektorning barcha imkoniyatlarini birlashtirib, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi biznes aloqalari va munosabatlarni rivojlantirishga erishdik.
Bunday samarali hamkorlikning asosi — umumiy qadriyatlarimiz va maqsadlarimizdir. Biz mustaqil va suveren davlatlarmiz. Har birimiz o‘z mamlakatimiz va xalqimiz uchun eng yaxshisini istaymiz.
Aynan shu umumiy qadriyatlar va maqsadlar munosabatlarimizni bunday samarali rivojlantirish imkonini bermoqda”, — dedi Marko Rubio.








