O'zbekiston

Ta’lim va ilm-fan vazirligi: o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident qarori bilan vazirlikda uchta yangi tayinlov amalga oshirildi.

Ta’lim va ilm-fan vazirligi: o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, Ta’lim va ilm-fan vazirligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Oybek Yo‘ldoshev vazirning birinchi o‘rinbosari, Mehriniso Pardayeva va Sanjar Mirzaliyev esa vazir o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

 

Oybek Yo‘ldoshev 2018-yildan buyon “PwC Uzbekistan” kompaniyasida davlat sektori, infratuzilma va ESG bo‘yicha konsalting amaliyoti direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

 

U professional faoliyatini 1998-yilda “Koskom” kompaniyasida boshlagan. 2003-yilda Buyuk Britaniyadagi Lids universiteti Biznes maktabida iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani tamomlagan va Toshkentdagi Vestminster universitetida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. 2012-yilda Milanda iqtisodiyot bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

 

Mehriniso Pardayeva tayinlovga qadar, 2021-yildan buyon Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida boshqarma boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan. U pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Pardayeva 2011-yilda “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligi” hamda 2012-yilda “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.

 

Sanjar Mirzaliyev esa 2026-yil may oyidan buyon Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining ijrochi direktori lavozimida ishlab kelgan.

 

U Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining bakalavriat va doktorantura (PhD) bosqichlarini tamomlagan. 2020-yil martidan 2022-yil sentyabrigacha Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va doktorantura bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. 

Baliqchilik va limonchilik: minglab oilalar daromadi oshiriladi

Baliqchilik va limonchilik: minglab oilalar daromadi oshiriladi

O‘zbekistonda 4 mingdan ortiq quduq negizida baliqchilikni rivojlantirish, 200 gektar maydonda energotejamkor issiqxonalar qurish rejalashtirilmoqda.

28 million so‘mlik giyohvand modda: ikki fuqaro ushlandi

28 million so‘mlik giyohvand modda: ikki fuqaro ushlandi

Gumonlanuvchilardan birining xonadonidan ham giyohvand moddalar topilgan.

Marko Rubio: Saida nihoyatda iste’dodli, aqlli va mehnatkash inson

Marko Rubio: Saida nihoyatda iste’dodli, aqlli va mehnatkash inson

AQSh Davlat kotibi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning faoliyatini e’tirof etdi.

Elektr energiyasi importi qisqardi: O‘zbekistonda ishlab chiqarish 8,4 foizga oshdi

Elektr energiyasi importi qisqardi: O‘zbekistonda ishlab chiqarish 8,4 foizga oshdi

Elektr energiyasi eksporti 21,4 foizga oshgan, importi esa 27,2 foizga kamaygan.

Avtobus salonidagi musiqa yuzasidan shikoyat: haydovchiga ogohlantirish berildi

Avtobus salonidagi musiqa yuzasidan shikoyat: haydovchiga ogohlantirish berildi

Avtobus haydovchisining musiqani baland ovozda qo‘yib harakatlangani yo‘lovchilar e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Birida 3 450, boshqasida 1 350 dollar: Umra va’dasi bilan bog‘liq holatlar fosh bo‘ldi

Birida 3 450, boshqasida 1 350 dollar: Umra va’dasi bilan bog‘liq holatlar fosh bo‘ldi

Samarqand va Namanganda fuqarolarni noqonuniy ravishda ziyoratga yuborishni va’da qilib, pul talab qilgan shaxslar ushlandi.

YPX xodimiga bo‘ysunmadi va haqorat qildi: talabalar ishi prokuraturaga oshirildi

YPX xodimiga bo‘ysunmadi va haqorat qildi: talabalar ishi prokuraturaga oshirildi

Samarqandda YPX xodimining to‘xtash haqidagi talabiga bo‘ysunmay, uni haqorat qilgan texnikum o‘quvchilari aniqlandi.

Farmatsevtlar uchun ham bayram: O‘zbekistonda kasb bayrami nomi o‘zgarishi mumkin

Farmatsevtlar uchun ham bayram: O‘zbekistonda kasb bayrami nomi o‘zgarishi mumkin

Tibbiyot xodimlari kunini Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni deb o‘zgartirish taklif qilindi.