Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi
Saida Mirziyoyeva tabiatni asrash va unga mehr bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘usini yosh avlodga singdirish muhimligini ta’kidladi.

Saida Mirziyoyeva Ashxobod shahrida tashkil etilgan «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasi iliq taassurot qoldirganini ma’lum qildi.
Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, ijodkorlar san’at orqali tabiat ham xuddi onalar kabi mehr, g‘amxo‘rlik va ehtiromga loyiq ekanini aks ettirgan. Bu tuyg‘u va munosabatni yosh avlod ongiga singdirish muhimligi qayd etilgan.
“Gurbanguli Berdimuhamedov nomidagi xayriya jamg‘armasi hamda Haydar Aliyev jamg‘armasini ushbu ajoyib ko‘rgazmaning ochilishi bilan tabriklayman. Ezgu va ibratli tashabbus uchun rahmat!”, deb yozdi Saida Mirziyoyeva.








