O'zbekiston

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Hujjatga muvofiq, alifbodagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi.

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi



Bugun, 21 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonunni imzoladi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida maʼlum qildi.


Yillar davomida lotin yozuvidagi imloviy noqulayliklar, ayniqsa, teskari vergulli va ikki harfli birikmalar eʼtirozlarga sabab bo‘lib keldi. Bir tovushning bir nechta belgi bilan yozilishi savodxonlikni qiyinlashtirib, yozma nutqimizda bahslarni keltirib chiqarayotgan edi.


O‘zbek tili bayrami kunida Prezidentimiz tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartirish kiritish haqidagi tarixiy hujjatning imzolanishi ana shu uzoq yillik chalkashliklarga chek qo‘ydi. Fanlar akademiyasi olimlari, filologlar hamda 8 ta vazirlik va idora ishtirokida puxta ishlangan yangi tahrir 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat bo‘lib, tilimizda «Bir tovush — bir harf» degan muhim oltin qoidani ro‘yobga chiqardi.


Islohotning eng muhim nuqtasi shundaki, yozish va o‘qishda doimiy qiyinchilik tug‘dirgan 4 ta harf ixchamlashdi: G‘ o‘rniga Ğ ğ, O‘ o‘rniga Ö ö, Sh o‘rniga Ş ş hamda Ch o‘rniga Ç ç harflari qabul qilindi, mustaqil harf sifatida ortiqcha bo‘lgan “Ng” esa alifbo tarkibidan chiqarildi. Qonun eʼlon qilinganidan keyin 6 oy o‘tib kuchga kiradi — bu yangi alifboga ortiqcha shoshma-shosharliksiz, bemalol moslashish, ko‘nikish imkonini beradi.


Ushbu tarixiy qonun tilimizning sofligini saqlab, yosh avlodning savod chiqarishini osonlashtirish yo‘lida katta bayram tuhfasi bo‘ldi.

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Kamchiliklarning asosiy qismi boshqa tillarda yozilgan peshlavha va reklamalarga, shuningdek, imloviy xatolar hamda so‘zlar ma’nosining buzilishiga taalluqli.

Bolalar farovonligi — kelajakka sarmoya: Samarqandda jahon sammiti boshlandi

Bolalar farovonligi — kelajakka sarmoya: Samarqandda jahon sammiti boshlandi

Ushbu nufuzli anjumanda 100 dan ortiq davlat vakillari va xalqaro tashkilotlar ishtirok etmoqda.

Tibbiyot xodimlari diqqatiga: davlat ro‘yxatidan o‘tish majburiy bo‘ladi

Tibbiyot xodimlari diqqatiga: davlat ro‘yxatidan o‘tish majburiy bo‘ladi

Yangi tartibga ko'ra, tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan faqat tegishli mutaxassislik bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Chilonzorning ayrim hududlarida suv o'chiriladi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Chilonzorning ayrim hududlarida suv o'chiriladi

Suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan manzillarga maxsus texnikalar orqali ichimlik suvi yetkazib beriladi.

“O‘zbekneftgaz” va CNPC hamkorligi: “M-25” konidagi avariya oqibatlarini bartaraf etish masalasi ko'rib chiqildi

“O‘zbekneftgaz” va CNPC hamkorligi: “M-25” konidagi avariya oqibatlarini bartaraf etish masalasi ko'rib chiqildi

Dunyoning beshta eng yirik energetika giganti qatoriga kiruvchi Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi prezidenti Chjou Sinxuay boshchiligidagi delegatsiya O'zbekistonga keldi.

Hovli tagida va yo‘l chetidagi “boylik”: 5,5 kg opiy topildi

Hovli tagida va yo‘l chetidagi “boylik”: 5,5 kg opiy topildi

Samarqand va Xorazmda giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

“Madad” maxsus qutqaruv markazi tashkil etiladi: tizim yangilanadi

“Madad” maxsus qutqaruv markazi tashkil etiladi: tizim yangilanadi

Favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlarini kuchaytirish, jumladan, 56 ta suv omborida xavfsizlik xizmatini kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Ta’lim va ilm-fan vazirligi: o‘rinbosarlar tayinlandi

Ta’lim va ilm-fan vazirligi: o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident qarori bilan vazirlikda uchta yangi tayinlov amalga oshirildi.