1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Sanatoriylarda davolanish uchun imtiyoz yo‘llanmalari kimlarga beriladi? Davlat xizmatlari agentligi javobi

Sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Sanatoriylarda davolanish uchun imtiyoz yo‘llanmalari kimlarga beriladi? Davlat xizmatlari agentligi javobi

 

Unga ko‘ra, 2022-yil 1-iyuldan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar faqat DXM yoki ЯИДХП (my.gov.uz) orqali beriladi.

 

Yo‘llanmalar quyidagi toifadagi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladi:

 

▫️ urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;

▫️ halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlari (beva erlari);

▫️ respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;

▫️ Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;

▫️ yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar;

▫️ I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, ko‘zi ojiz I guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;

▫️ o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar;

▫️ yoshga doir pensiya oluvchilar.

 

Eslatma. Davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun yig‘im undirilmaydi.

 

Avvalroq kam taʼminlanganlar ro‘yxatiga kiritilganlarga imtiyoz belgilangani hamda Imtiyozli kredit mashmashalari haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика