1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

1-yanvardan tadbirkorlar faoliyati belgilangan tartibda tasdiqlangan savolnoma bo‘yicha tekshiradi

Bunda tekshiruv jarayonlari nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladi.

1-yanvardan tadbirkorlar faoliyati belgilangan tartibda tasdiqlangan savolnoma bo‘yicha tekshiradi

 

Shuningdek, Savdo-sanoat palatasi aʼzosi bo‘lgan tadbirkorlar faoliyatini tekshirishda palata xodimlari ham ishtirok etadi. Biroq bu tartib uchun tadbirkorning roziligi kerak bo‘ladi.

 

Maʼlumot uchun, tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobining hisobi elektron tarzda yuritiladi.

 

Eslatma. Tadbirkorlik faoliyatini tekshirish ishlari qonun buzilishlarga yo‘l qo‘yilishining oldini olish bo‘yicha profilaktika tadbirlari o‘tkazilgandan so‘ng amalga oshiriladi. Mazkur profilaktik tadbirlarga soliq tekshiruvlari, jinoyat ishlari va tezkor-qidiruv faoliyati doirasidagi tekshiruvlar kirmaydi.

 

Maʼlumot uchun, 2021-yil 1-oktyabrdan YATT tomonidan soliq hisobotini topshirish majburiyati bekor qilingan. Bunga qo‘shimcha tarzda, 2022-yil 1 yanvardan 2023-yil 1 yanvarga qadar respublika tumanlarida faoliyat yurituvchi YATTga belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi 2 baravarga pasaytirilgan holda BHMning 50 foizi miqdorida belgilanadi. Biroq Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan YATTlar bundan mustasno.

 

Bundan tashqari, 2022-yil 1 aprelgacha tadbirkorlik sohasida davlat nazorati bilan bog‘liq katta hajmdagi maʼlumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va qayta ishlash imkonini beruvchi “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi ishga tushiriladi.

 

Qonunga ko‘ra2022-yildan tadbirkorlarga maʼmuriy bosim darajasini aniqlash va yengillashtirish, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan Tadbirkorlik faoliyati erkinligi indeksi joriy etiladi.

 

Avvalroq yosh tadbirkorlarga 540 million so‘mgacha kredit berilishi hamda YATT sifatida taksichilik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etilgani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика