Bunda tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha o‘quv amaliy kurslari tashkil etiladi. Darslar “onlayn” o‘tilishi ham rejalashtirilgan. O‘qitish amaliyoti mutlaqo bepul.
Prezident qaroriga asosan, yosh tadbirkorlarning yangi biznes loyihalari uchun kredit mablag‘lari 2022-2024 yillarda quyidagi shartlar asosida ajratiladi:
🔸 kredit miqdori BHMning 1000 baravaridan 2 ming baravarigacha;
🔸 muddati – 7 yil, imtiyozli davr – 3 yil;
🔸 foiz stavkasi – Markaziy bankning asosiy stavkasida(hozirda 14 %).
Maʼlumot uchun, kreditlar ajratish uchun Yoshlar ishlari agentligi, Savdo sanoat palatasi va banklar tomonidan tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi yoshlar ro‘yxati shakllantiriladi.
Tadbirkorlik va biznesga o‘rgatish, o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga sertifikat taqdim etilib, ular tomonidan o‘z biznesini tashkil etish uchun yuqoridagi shartlarda kreditlar ajratiladi.
Diqqat! Loyihani amalga oshirish uchun yoshlar TIF Milliy bank(Markaziy milliy bank) filiallariga ariza beradi va unga muvofiq kredit ajratiladi yoki asoslantirilgan holda rad etiladi.
Maʼlumot uchun, Prezidentning 2021 yil 13-iyuldagi PF–6260-son Farmoniga asosan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan TIF Milliy bankka 100 mln. dollar pul ajratilgan.
Avvalroq yoshlarning alohida toifalariga garovsiz kreditlar ajratilishi hamda banklarga beriladigan kreditlar muddatini cheklash amaliyoti bekor qilinishi haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev


