Bunda jismoniy shaxslar yengil transport vositasida, davlat ro‘yxatidan o‘tgan holda, yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin.

1. Yo‘lovchi tashish xizmati litsenziya varaqasi asosida amalga oshiriladi.
2. Endilikda avtotransport vositasini sariq rangga bo‘yash majburiy emas, mashinaning yuqori qismiga “Taksi” belgisini o‘rnatish kifoya.
3. Har bir yakka tartibdagi tadbirkor hududiy taqsimotidan qatʼiy nazar bir oy uchun belgilangan tartibda, 150ming so‘m miqdorida soliq to‘laydi.
4. Litsenziya varaqasi bo‘yicha bir yil uchun 245 ming so‘m miqdorida davlat boji undiriladi.
5. 2021-yilning 1-sentyabriga qadar YTT (yakka tartibdagi tadbirkor) sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan taksichilardan davlat boji undirilmaydi.


