"Hozirda SHHT tizimi bo‘yicha toliblar bilan aloqa o‘rnatilmagan. Ammo Afg‘oniston tashkilotda kuzatuvchi maqomini saqlab qolgan.
SHHTning barcha aʼzolari tan olgan va kelishgan holatda “Tolibon” tashkilotning keyingi yig‘ilishlarida ishtirok etishi mumkin", — degan Nurimbetov.
Maʼlumot o‘rnida: Afg‘oniston Shanxay hamkorlik tashkilotida kuzatuvchi maqomga ega. 2021 yil Dushanbedagi SHHT sammitida Afg‘oniston vakillari qatnashmadi. “Tolibon” harakati o‘z navbatida barcha davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarni saqlab qolishga va rivojlantirishga tayyorligini bildirgan.
Bundan avval toliblar G‘arbni sanksiyalarni bekor qilishga chaqirgani hamda “Tolibon” delegatsiyasi Turkiyaga borgani xabar qilingandi.
Jahongir Qo'ziyev


