1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Afg‘onistonda giyohvand moddalar yetishtirish ko‘paygan — BMT

Shuningdek, mamlakat ichkarisida uning narxi oshganligi maʼlum qilindi.

Afg‘onistonda giyohvand moddalar yetishtirish ko‘paygan — BMT

 

Afg‘onistonda 2021 yilda giyohvand moddalar ishlab chiqarish 8 foizga ortgan. BMT giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi maʼlum qildi.

 

Malʼumotlarga ko‘ra, bu yil 6.8 tonna giyohvand modda yetishtirilgan.

 

“Bu o‘sish shuni anglatadiki, butun dunyoga 320 tonna toza geroin chiqishi mumkin”, – deyiladi boshqarma hisobotida.

 

Taʼkidlanishicha, Afg‘oniston jahondagi 85 foiz opiy ishlab chiqaradi.

“Afg‘onistonda shakllangan vaziyat xalqaro hamjamiyatning zudlik bilan aralashuvini talab etmoqda. BMT ko‘magida giyohvand moddalarning noqonuniy yetishtirilishi va ishlab chiqarilishiga, shuningdek, butun dunyoda bu tovarga talab pasayishiga erishish kerak”, – deb qayd etilgan hisobotda.

 

Qo‘shimcha qilinishicha, 2021 yilda opiumlar yetishtirilishidan Afg‘onistonda 1.8 milliard dollardan 2.7milliard dollargacha foyda olingan. Mamlakatdagi siyosiy beqarorlik esa uning narxi ikki barobar oshishiga sabab bo‘lgan.

 

Avvalroq Afg‘oniston sobiq prezidenti Hamid Karzay ISHID xavfi haqida fikrlarini aytgandi. Shuningdek, Qozog‘iston shimolida Afg‘oniston fuqarolari qo‘lga olingani haqida xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика