1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Afg‘onistonda ikki omil tufayli urush ehtimoli saqlanib qolmoqda — rossiyalik siyosatchi

Afg‘onistonda urush ehtimoli butunlay yo‘qolmagan.Bu haqda RF Xavfsizlik Kengashi kotibi o‘rinbosari Yuriy Kokov maʼlum qilgan.

Afg‘onistonda ikki omil tufayli urush ehtimoli saqlanib qolmoqda — rossiyalik siyosatchi

 

 

 

Kokovning fikricha, ikki omil urush ehtimolini saqlab qolinishiga sabab bo‘lmoqda. Birinchidan, afg‘on jamiyati etnik jihatdan xilma-xil. Unda qabilaviy va oilaviy aloqa hamda anʼanalar yuqoriligicha qolmoqda.

 

Ikkinchidan, gumanitar inqiroz tufayli radikal guruhlar pozitsiyasi kuchaygan. Bu beqarorlikka sabab bo‘layotgan eng katta omil. Kokov, shuningdek, Afg‘onistonga terrorchilarning kirib kelishi, ekstremizm tarqalishi, narkotrafik va nazoratsiz migratsiya tahdidlari saqlanib qolayotganini taʼkidlagan. Shu bilan birga u Afg‘onistonga kiritilgan investitsiyalar va mintaqadagi iqtisodiy hamkorlikning to‘xtab qolishi ehtimoli yuqoriligini qo‘shimcha qilgan.

 

Bundan avval  “Tolibon” to‘ylarga oid taqiqlar qo‘ygani  hamda Britaniya vakili toliblar bilan uchrashgani xabar qilingandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика