1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Afg‘onistonda yuzlab jurnalistlar evakuatsiya qilinmay qolib ketdi

Аfg‘onistonning "Kam Air" xususiy aviakompaniyasi jurnalistlar olib ketilishi kerak bo‘lgan reysda aviakompaniya rahbariyati qarindoshlari uchib ketdi. Bu haqda "ToloNEWS" xabar berdi.

Afg‘onistonda yuzlab jurnalistlar evakuatsiya qilinmay qolib ketdi

 

 

Samolyot BAAga qo‘ngan. Shundan keyin AQSh Davlat departamenti xodimlari o‘tkazgan tekshiruvda evakuatsiya qilinishi kerak bo‘lgan shaxslardan hech qaysisi aniqlanmagan. "Kam Air" o‘ziga qaratilgan ayblovlarni rad etmoqda. Unga ko‘ra, kompaniya faqatgina yo‘lovchilarni tashishi kerak bo‘lgan. Evakuatsiya qilinishi kerak bo‘lgan shaxslarni to‘plash aviakompaniya vakolatlariga kirmagan.

 

"Bizda faqatgina Abu-Dabi va Tbilisiga reyslar bor edi. Ular ro‘yxatga ko‘ra amalga oshirildi. Afg‘onistonda ko‘plab odamlar qolib ketgani sababli bu kabi mish-mishlar tarqalib ketdi", — degan "Kam Air" ijrochi direktori Dovud Sharifiy.

 

Shu bilan birga aviakompaniyadagi bir necha manba samolyotda kompaniya raisi qarindoshlari bo‘lgan. "Men jurnalistman. Hamon Afg‘onistonda qolyapman. Kimdir nomimdan foydalanib Afg‘onistondan chiqib ketgani menga salbiy taʼsir qildi", — degan Afg‘oniston jurnalistlari Milliy assotsiatsiyasi direktori Ahmad Shuayb Fano.

 

Eslatib o‘tamiz avvalroq "Tolibon" hukmronligi o‘rnatilgach, Afg‘onistonda yuzlab OAV yopilgani va toliblar jurnalistlar uchun maxsus qo‘llanma chiqargani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика