1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Ai-80 narxi nega ushlab turilgani ochiqlandi

Garchi yil boshidan buyon jahon neft kotirovkalari 1,7 baravar oshganiga qaramay, “O‘zbekneftgaz” katta hajmdagi sotuvlar (intervensiya) tufayli ichki bozorda Ai-80 narxini saqlab qolmoqda.

Ai-80 narxi nega ushlab turilgani ochiqlandi

 

Toshkent shahridagi “O‘zbekneftgaz” korxonasiga qarashli “UNG Petro” yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 1 litr AI-80 rusumli benzin chakana narxda 5900 so‘mdan sotilmoqda. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmatiga tayanib “Spot” sayti xabar berdi.

 

Aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilayotgan benzinning asosiy qismini (80,1 foizi) AI-80 markasi tashkil etadi. Yil boshidan buyon o‘sish 15 foizni tashkil etgan. 

 

O‘tgan 9 oy davomida kompaniyaning neftni qayta ishlash zavodlarida 654,9 ming tonna benzin (o‘sish surʼati 105,6 foiz) ishlab chiqarilgan. Shundan 524,6 ming tonnasi - Ai-80,  81,1 ming tonnasi - Ai-91, 43,9 ming tonnasi - Ai-92, 5 ming tonnasi - Ai-95 va qolgan  0,3 ming tonnasi - Ai-98 markalariga to‘g‘ri keladi.

 

“Taʼkidlash joizki, Ai-91, Ai-92, Ai-95 rusumli benzinlarning asosiy qismi bozor konyunkturasi va jahon kotirovkalariga asoslanib, xorijdan keltiriladigan xomashyo yoki import tayyor mahsulotdan ishlab chiqariladi. Shu sababli, ushbu turdagi benzin narxi nisbatan yuqori ”, - deyiladi xabarda.

 

Departament benzin narxini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinganini eslatdi.

 

Endilikda 2017 yildan boshlab Ai-92, 93, 95 va 98 rusumli, 2019 yil 15 avgustdan boshlab Ai-91 va 2020 yil 1 maydan boshlab Ai-80 markalarini sotish faqat birja orqali amalga oshiriladi.

 

"Shu tariqa sog‘lom raqobat muhiti yaratiladi, isteʼmolchilar sifatli mahsulotlar bilan taʼminlab boriladi", – deyiladi kompaniya xabarida.

 

Bundan avval benzin narxi yil boshidan buyon 17 foizga qimmatlashgani, endi O‘zbekistonda AI-98 markali benzin ham ishlab chiqarilishi hamda O‘zbekistonda eng ko‘p benzin qaysi hududda ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика