1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Alisher Usmonov saylovda yana g‘alaba qozondi

Eslatma. Usmonov 2008 yildan beri Xalqaro qilichbozlik federatsiyasini boshqarib kelmoqda.

Alisher Usmonov saylovda yana g‘alaba qozondi

 

Shveysariyaning Lozanna shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining Kongressida amaldagi prezident Alisher Usmonov g‘alaba qozonib, tashkilotdagi boshqaruvini davom ettiradigan bo‘ldi.

 

Mazkur tadbirga rasmiy mehmon sifatida tashrif buyurgan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax Alisher Usmonovni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklagan.

 

Taʼkidlash kerak, saylov yakunlariga ko‘ra yana bir nechta hamyurtlarimiz ham tashkilotning bir qator bo‘limlari tarkibiy qismiga kiritildi. Jumladan, O‘zbekiston qilichbozlik Federatsiyasi Bosh kotibi Gulnora Saidova targ‘ibot qo‘mitasi, Tokio-2020 Olimpiadasida referilik qilgan Aida Hasanova hakamlar qo‘mitasi tarkibiga olindi.

 

Tadbir davomida 2023 yilgi jahon chempionati mezbonligiga daʼvogar Toshkent shahrining taqdimoti namoyish etildi. Ammo yakunda mezbonlik Milanga nasib etdi.

 

Avvalroq Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidentligiga Alisher Usmonovning nomzodi ko‘rsatilgani hamda qilichbozlik bo‘yicha ilk xalqaro sinov-imtihoni boshlangani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика