Bu haqda OlympicUz' xabar qildi.
Rossiya qilichbozlik federatsiyasi mazkur saylovga mamlakat nomidan FIEning amaldagi rahbari, rossiyalik metsenat Alisher Usmonovning nomzodini ilgari surdi.
27-noyabr kuni Shveysariyada o‘tkaziladigan FIEning Kongressida Alisher Usmonovning nomzodi ko‘rib chiqiladi.
Alisher Usmonov 2008 yildan beri ushbu xalqaro tashkilotni boshqarib kelmoqda. U FIEga 2012 va 2016-yillarda qayta saylangan.
Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida mamlakatimizda o‘tgan Osiyo, Pan Amerika va Afrika qilichbozlik konfederatsiyalarining kongressida har uch mintaqa Alisher Usmonovga bo‘lajak saylovda uni qo‘llab-quvvatlashini bildiruvchi xat yo‘llagandi.
Avvalroq, Toshkent shahrida birinchi marotaba qilichbozlik bo‘yicha xalqaro imtihonga start berilgani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva


