Vashington universiteti shifokorlari ilk bor sunʼiy intellekt tavsiyalari tufayli insonning zaharlanish holatini qayd etishdi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, bemor uch oy davomida ChatGPTning parhez bo‘yicha tavsiyalariga amal qilgan. U osh tuziga muqobil sifatida muntazam ravishda bromidni isteʼmol qila boshlagan. Natijada, unda bromizm rivojlandi, bu esa og‘ir psixozga olib keldi. Uzoq muddatli davolanishdan keyin ahvol barqarorlashdi va bemor tuzalib ketdi.
Avvaliga erkak qo‘shnisi tomonidan zaharlangan deb gumon qilinib, kasalxonaga yotqizilgandi. Shifokorlar qo‘zg‘aluvchanlikni, paranoid fikrlarni, gallyutsinatsiyalarni va hatto juda chanqaganda ham suv ichishdan bosh tortishni aniqlashdi. Keyinchalik semptomlar o‘tkir psixotik epizodga aylandi va bemor psixiatriya bo‘limiga majburiy izolyatsiyaga yotqizildi.
Intensiv davolanishdan so‘ng, erkak zaharlanish uning ovqatlanishi tartibi bilan bog‘liqligini tushuntira oldi. Erkakning so‘zlariga ko‘ra, natriy xlorid isteʼmoli sog‘liq uchun xavfli bo‘lganligi sababli u ChatGPTdan xavfsizroq variant tavsiya qilishini so‘ragan.
Neyron tarmoq esa foydalanuvchiga natriy bromiddan foydalanish mumkinligiga ishora qilgan. Erkak moddaga internet orqali buyurtma bergan va uni muntazam ravishda ishlatgan.
Shifokorlarning taʼkidlashicha, odatda bunday tavsiyalar ovqatlanish uchun emas, balki texnik yoki maishiy jarayonlarga tegishli bo‘ladi. ChatGPT esa bemor nima uchun bromidga qiziqish bildirganini bilmagan va uning toksikligi haqida ogohlantirmagan.


