1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Amerikadagi uyga meteorit qulab tushdi

Uning yoshi Yernikidan katta ekani aniqlangan.

Amerikadagi uyga meteorit qulab tushdi

Amerikaning Atlanta shtatida meteorit to‘g‘ridan-to‘g‘ri uyning ustiga qulab tushib, bino tomini teshib o‘tdi. Jorjiya universiteti olimlari kosmik tosh bo‘lagini o‘rganib chiqib, meteorit 4,56 milliard yil avval, yaʼni Yerdan qariyb 20 million yil avval paydo bo‘lganini aniqlashgan.

 

Xabar qilinishicha, meteorit yuqori tezlikda Genri okrugidagi fuqaroning uyi tomiga qulagan. 

 

NASA maʼlumotlariga ko‘ra, kosmik jism meteoritning eng keng tarqalgan turi hisoblanadi, uning yoshi taxminan 4,56 milliard yil.

 

“Bu Mars va Yupiter o‘rtasidagi asosiy kamar asteroidlari guruhiga tegishli bo‘lib, u ancha kattaroq asteroidning parchalanishidan hosil bo‘lgan bo‘lishi mumkin”, deydi Jorjiya universiteti geologi Skott Xarris.

 

Hozirda tosh parchasi keyingi tahlillar uchun Jorjiya universitetida saqlanmoqda, u sayyoralar paydo bo‘lishidan oldin quyosh tizimi qanday bo‘lganiga oydinlik kiritishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика