1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijondagi uylarning birida yong‘in yuz berdi

Yong‘inda tan-jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Andijondagi uylarning birida yong‘in yuz berdi

Bugun, 24 mart kuni soat 10:30 da Andijon shahar “Mustaqillik” MFY, E.Ashurov ko‘chasida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

 

Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:34 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 10:37 da o‘rab olingan va soat 10:45 da o‘chirilgan.

 

Yong‘in natijasida uyning 30 kvadrat metr maydonda tom qismi yonib zararlangan. Yong‘in-qutqaruvchilarning tezkor harakatlari tufayli uyning 100 kvadrat metr maydoni yong‘indan saqlab qolinib, boshqa tutash uylarga tarqalishi oldi olindi.

 

Yong‘indan tan-jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика