1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Angela Merkel lavozimidan ketganidan keyin 15 ming yevro pensiya oladi

Angela Merkel lavozimidan ketganidan keyin 15 ming yevro pensiya oladi.

Angela Merkel lavozimidan ketganidan keyin 15 ming yevro pensiya oladi

 

Germaniya kansleri Angela Merkel lavozimidan ketganidan keyin qariyb 15 ming yevro pensiya oladi. Bu ma'lumotni  “De Morgen” Germaniya soliq to‘lovchilari federatsiyasi manbasiga tayanib e'lon qildi.


Bunga Merkelning 32 yil Germaniya parlamenti a'zosi sifatida faoliyat yuritgani va qariyb 16 yil mamlakat kansleri lavozimida ishlagani asos bo‘ladi.


Bundan tashqari, Merkel' ham Germaniyaning barcha oldingi kansler va sobiq prezidentlari singari iste'foga chiqqach lavozimga ega bo‘ladi. Shuningdek, unga ofis menejeri, ikkita yordamchi va haydovchi beriladi.


Eslatib o‘tamiz, Angela Merkel shu yilning 26-sentyabriga belgilangan umumiy saylovlardan so‘ng 2005-yildan buyon egallab turgan Germaniya kansleri  lavozimini tark etadi. Chunki u bu saylovda o‘z nomzodini ilgari surmadi va siyosatdan ketish niyati borligini bildirdi. 


Nasiba To'xtayeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика