“Barselona” vingeri Ansu Fati joriy transfer oynasi tugagunga qadar o‘zining klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchiga Londonning ikki klubi “Chelsi” va “Tottenhem” faol qiziqish bildirmoqda. “Aristokratlar” ispaniyalik futbolchini o‘z jamoasiga o‘tish imkoniyatini ko‘rib chiqadi. «Shporlar o‘z navbatida Fati va “Nottingem” vingeri Brennan Jonson variant ustida bosh qotirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2022/2023-yilgi mavsumda Fati “Barselona” safida barcha turnirlar doirasida 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt internet portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy narxi 35 million yevroni tashkil qiladi.


