1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH Afg‘oniston atrofidagi davlatlar bilan muhim masalada muzokara olib bormoqda

AQSH Afg‘oniston atrofidagi harbiy bazalar bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Ularning orasida Rossiya bazalari ham bor.

AQSH Afg‘oniston atrofidagi davlatlar bilan muhim masalada muzokara olib bormoqda

 

 

“Politico” nashrining AQSH senatorlariga tayanib bergan maʼlumotlariga ko‘ra, chorshanba kuni Pentagon rahbariyati Kongressga shu mazmunda hisobot bergan. “Pentagon oliy rahbariyati Kongressga yopiq eshiklar ortida Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan muzokaralar olib borilayotganini maʼlum qildi”, – deyiladi xabarda.

 

Gap Afg‘oniston bilan chegaradosh davlatlar haqida ketmoqda. Bu davlatlarga antiterror operatsiyalar o‘tkazilishi uchun zarur vositalar joylashtiriladi. “Bu Rossiyaning mintaqadagi bazalari ham bo‘lishi mumkin”, – deb qo‘shimcha qilinadi xabarda.

 

Senatdagi harbiylar hisobotining ochiq qismida AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin  Rossiya iyun oyidayoq  yordam taklif etganini maʼlum qildi.

 

Bundan avval AQSH va Rossiya generallari Moskva bazalaridan foydalanishni muhokama qilgani xabar qilingandi. Shuningdek, AQSH nima uchun Afg‘onistonni tark etgani ochiqlangandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика