AQSH Afg‘onistonga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bekor qilish kerak— Xitoy tashqi ishlar vaziri

Van Ining fikricha, barcha tomonlar "Tolibon" bilan oqilona va pragmatik aloqalar o‘rnatishi zarur.

AQSH Afg‘onistonga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bekor qilish kerak— Xitoy tashqi ishlar vaziri

 

 

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I AQSHni Afg‘onistonga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi. Bu haqda u Dohada Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari Mulla Barodar bilan uchrashuv paytida aytgan.

 

"Hozirda Xitoy  Afg‘oniston duch kelayotgan gumanitar qiyinchiliklarga katta eʼtibor qaratmoqda. Pekin AQSH va G‘arbni ushbu mamlakatga qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilishga qatʼiy chaqiradi", — degan Van I. Uning fikricha, barcha tomonlar "Tolibon" bilan oqilona va pragmatik aloqalar o‘rnatishi zarur. Bu Afg‘onistonning barqaror taraqqiyot yo‘liga tushib olishiga yordam beradi.

 

"Xitoy imkon qadar afg‘on xalqiga gumanitar yordam berish, vaqtinchalik qiyinchiliklarni yengish maqsadida xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarni mustahkamlash va iqtisodiy tiklanish jarayonida hamkorlik qilishda davom etadi", — deb aytgan.

 

Van I Pekin hech qachon Afg‘oniston ichki ishlariga aralashmaganini hamda o‘z shaxsiy manfaatlari yo‘lida harakat qilmaganini alohida taʼkidladi. Shuningdek, Xitoy afg‘on xalqining tiklanishi va barqarorlikka intilishini qo‘llab-quvvatlashini maʼlum qildi.

 

Xitoy TIV rahbari Dohada ikki kunlik tashrif bilan bo‘lib turibdi. U seshanba kuni toliblar delegatsiyasi bilan muzokara o‘tkazadi.

 

Bundan avval XXR rahbari gegemonlikning har qanday shakliga qarshi chiqish zarurligini aytgandi. Shuningdek, AQSH diplomati "Tolibon" Afg‘oniston realligi ekanini maʼlum qilgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика