AQSH Davlat departamenti avvalroq Vashington tomonidan Moskvaga yuborilgan xavfsizlik takliflariga Rossiyadan yozma javob olganini tasdiqladi.
Bu haqda TASS maʼlum qildi.
Shu bilan birga, Amerika Tashqi ishlar vazirligi hech qanday maʼlumot berishdan va hujjat mazmunini oshkor qilishdan bosh tortgan.
"Omma oldida muzokara qilish unumli bo‘lmaydi, shuning uchun biz Rossiyaga, agar xohlasa, ularning javobini muhokama qilish imkoniyatini qoldiramiz. Biz bu muammolarni hal qilish uchun dialogga to‘liq sodiq qolamiz", dedi TIV rasmiy vakili.
Maʼlumot uchun: AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken AQSHning Rossiya Federatsiyasiga "xavfsizlik kafolatlari" bo‘yicha javobi mazmunini oshkor qilgan edi. Yozma javobda Aqsh va ittifoqchilar o‘z fikrlarini bildirdi. Rossiyaning talablari ham baholanib, Vashington va Kreml til topisha oladigan sohalar aniqlandi.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Braziliya prezidentiga bosim o‘tkazayotgani xabar qilingandi


