1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH tomonidan tayyorlangan afg‘on harbiylari ISHID safiga qo‘shilmoqda. Nega?

Buning bir qator sabablari sanab o‘tildi.

AQSH tomonidan tayyorlangan afg‘on harbiylari ISHID safiga qo‘shilmoqda. Nega?

 

AQSH tomonidan tayyorlangan va Afg‘onistonda qolib ketgan ayrim sobiq afg‘on harbiylari ISHID safiga qo‘shilmoqda. Bu haqda “The Wall Street Journal” nashri xabar berdi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, hozirda ISHID safiga qo‘shilgan sobiq harbiylar soni u qadar ko‘p emas, ammo ular kun sayin ko‘payib bormoqda. “The Wall Street Journal” ular terrorchi guruh jangovor qudratini sifat jihatdan oshirib bormoqda. Bu, ayniqsa, razvedka maʼlumotlarini to‘plash hamda jang olib borish metodlarida katta ustunlik taqdim etadi.

 

Sobiq harbiylarning ISHID safiga qo‘shilishiga, eng avvalo, ularning “Tolibon” tomonidan taʼqib qilinishi sabab bo‘lmoqda. Afg‘oniston razvedka agentligining sobiq rahbari Rahmatullo Nabilning so‘zlariga ko‘ra, terrorchi guruh ayrim hududlarda sobiq harbiylarga bir qator imkoniyatlar taqdim etgan. Xususan, ISHID safiga yangi qo‘shilganlarga 30 ming afg‘oniy (340 dollar) beriladi. “Tolibon” safiga qo‘shilgan sobiq harbiylarning aksariyati esa bir necha oydan buyon maosh olmagan.

 

Shu bilan birga Rahmatullo Nabil "Tolibon"ga qarshi real qarshilik kuchlari mavjud bo‘lganida, sobiq harbiylar qarshilik safiga qo‘shilgan bo‘lishi mumkinligini taʼkidladi.

 

Bundan avval Pokistonning Afg‘oniston bo‘yicha pozitsiyasi maʼlum qilingandi. Shuningdek, ISHID Iroq armiyasiga hujum uyushtirgani xabar berilgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика