1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Dunyo / 
  4. AQSH va YI Rossiyaning neft daromadlarini kamaytirmoqchi

07:06 / 23.04.2022

1.2k

AQSH va YI Rossiyaning neft daromadlarini kamaytirmoqchi

AQSH va YI Rossiyaning neft daromadlarini kamaytirmoqchi

Bu borada muzokaralar olib borilmoqda.

 

AQSH va Yevroittifoq Rossiyaning neftdan oladigan daromadlarini qisqartirish yo‘llarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.

 

Agentlik manbalariga ko‘ra, Vashington va Bryussel o‘rtasidagi muzokaralar Rossiya daromadlariga “yana-da kuchli zarba” berish uchun o‘tkazilmoqda.

 

Ehtimoliy choralar sifatida hisob-kitob mexanizmidan foydalanish mumkin. bu Moskvaning energetik resurslardan olayotgan foydasini qisqartiradi. Shuningdek, AQSH va Yevroittifoq Rossiyadan kelayotgan neft narxiga chegara o‘rnatishi ham ko‘rib chiqilmoqda.

 

YEI davlatlarining RF “qora oltin”idan butunlay voz kechishi varianti ham bor, ammo Qo‘shma Shtatlar buning ortidan neft va gaz narxining ko‘tarilib ketishidan xavfsiramoqda.

 

Avvalroq OPEC Rossiya neftining o‘rnini bosa olmasligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика