Unga ko‘ra, ayrim amerikalik rasmiylar Rossiyaning "harbiy operatsiya" variantinm ko‘rib chiqishi mumkinligidan xavotir bildirgan. Ammo YEI ga aynan qaysi faktlarga tayanib, bu kabi xulosa berilgani aytilmagan.
Agentlik manbalarining taʼkidlashicha, bu kabi bayonotlar "umumiy dalillarga" tayanib berilgan. Vashington bu mavzuga oid maʼlumotlarni umumiy harakatlar dasturi qabul qilinishidan oldin taqdim etmoqchi.
Agentlikning Kremlga yaqin manbasi bu kabi xabarlarni yolg‘on ekanini maʼlum qilgan. Shu bilan birga u Moskva zarur paytda kkch ishlatishga tayyorligini ko‘rsatmoqchi ekanini qayd etgan.
Avvalroq Ukraina sobiq prezidenti Petr Poroshenko Rossiya zarurat tug‘ilsa, Ukrainaga bir sutka ichida katta qo‘shin kiritish imkoniyatiga egaligini aytgandi.
Jahongir Qo‘ziyev


