
Maʼlum bo‘lishicha, 70 yoshli Rolf Kestel bu jinoyatni 1981 yili sodir etgan. Erkak Arkanzas shtatining Fort Smit shahridagi tamaddixonaga kirgan va xodimlarni to‘pponcha yordamida qo‘rqitib, pul berishlarini talab qilgan.
Erkak qo‘lga olinganida u hisobchini bolalar uchun mo‘ljallangan o‘yinchoq to‘pponcha bilan qo‘rqitgani maʼlum bo‘lgan.
Sud talonchini umrbod qamoq jazosiga hukm qilgan va u umrining 40 yilini panjara ortida o‘tkazgan.
Inson huquqlari tashkilotlari Kestelni ozod qilish uchun ko‘p yil kurashdi. Bundan tashqari, o‘yinchoq to‘pponcha bilan pullari o‘marilgan oshxona hisobchisi ham uning ozod etilishini qo‘llab-quvvatlagan, — deyiladi xabarda.
21 sentyabr kuni Arkanzas jazodan ozod qilish kengashi matbuot kotibi Kestelning iltimosnomasi maʼqullangani va tez orada qamoqdan ozod qilinishi mumkinligini tasdiqlagan.
Avvalroq AQSHda 5 nafar jurnalist qotiliga 345 yil qamoq jazosi tayinlangani hamda Rossiyaning Perm davlat universitetida o‘qigan sobiq talaba qurollangan holatda o‘quv binosi ichiga bostirib kirgani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva


