29-mart kuni AQShning 30 dan ortiq shtatlarida Tesla kompaniyasiga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkaziladi.
"Tesla Takedown" deb nomlangan harakat tashkilotchilari ushbu aksiya orqali Tesla aksiyalari savdosini pasaytirish va Ilon Maskning siyosiy mavqeiga putur yetkazish ni maqsad qilgan.
Namoyishlar AQSh bo‘ylab 277 ta Tesla obyekti yaqinida rejalashtirilgan. Tashkilotchilar butun dunyo bo‘ylab 500 dan ortiq miting o‘tkazilishini kutmoqda.
Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya kabi mamlakatlardagi Tesla obyektlari ham namoyishlar o‘tkaziladigan joylar ro‘yxatiga kiritilgan.
Norozilik harakati tashkilotchilariga ko‘ra, Mask Tesla orqali orttirgan boyligidan AQSh demokratiyasini zaiflashtirish uchun foydalanmoqda.


