Trening-kurslar asosan mehnat muhojirlarining moliyaviy-iqtisodiy ahvolini yaxshilashga, ishga joylashish yoki ish joylarini ko‘proq maosh to‘lanadigan joylarga o‘tkazishga, AQSH bank tizimidan foydalanish tartiblari, soliq to‘lash jarayonidagi imtiyozlardan foydalanish imkoniyatlari, uylarni arzon bahoda ijaraga olish masalalari va vatandoshlar ehtiyojidan kelib chiqqan holda boshqa masalalarni qamrab oladi.
Memorandumda qayd etilgan trening kurslari quyidagi ustuvorliklarga ega:
-o‘quv darslarini o‘zbek va ingliz tillarida tashkil etish;
-o‘quv darslarini tinglovchilariga qulay bo‘lgan vaqtlarda kichik guruhlarda o‘tkazish;
-treninglarni «Zoom» platformasida onlayn rejimda yoki bevosita sinf xonalarida tashkil etish;
-o‘quv kurslarini tamomlagan tinglovchilar bir muddat davomida maslahatchilar nazorati ostida bo‘lishi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishi yoki ular duch kelgan muammolarga birgalikda yechim topish imkoniyatiga ega bo‘lishi.
Javohirbek Tursunov


