1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Asqar Akayev Bishkekka olib kelindi

Qirg‘izistonning birinchi prezidenti Asqar Akayev Bishkekka olib kelindi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy Xavfsizlik Davlat qo‘mitasi xabar bermoqda.

Asqar Akayev Bishkekka olib kelindi

 

 Akayev “Qumtor” Oltin koni bilan bog‘liq jinoiy ish doirasida Qirg‘izistonga keltirilgan. Qirg‘iziston Milliy Xavfsizlik Davlat qo‘mitasi Asqar Akayev va boshqa yuqori martabali sobiq amaldorlarni 1992 yil “Qumtor” bo‘yicha bosh loyihani tuzishda, 1994 yilda kelishuvga o‘zgartirishlar kiritishda, bundan tashqari 2003 yilda Kanadaning Cameco kompaniyasi bilan tuzilgan bosh shartnomani qayta tuzishdagi korrupsion holatlar uchun javobgarlikka tortilganini maʼlum qildi


Asqar Akayev 1990-2005 yillarda Qirg‘iz respublikasi prezidenti bo‘lgan. 2005 yildagi Lola Inqilobi natjasida hokimiyatdan chetlatilgan. Shundan keyin u Rossiyaga ketgan. Bu yerda sobiq prezident ilmiy faoliyat bilan shug‘ullangan.


Qirg‘iziston Milliy Xavfsizlik Davlat qo‘mitasi 2021 yil 8 iyul kuni Respublikaning sobiq prezidentlari- Asqar Akayev va Kurmanbek Bakiyevni  “Qumtor”  ishi doirasida xalqaro qidiruvga bergan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика