1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Avstriya kansleri: “Emlanganlar uchun pandemiya yakunlandi”

Avstriya kansleri: “Emlanganlar uchun pandemiya yakunlandi”.

Avstriya kansleri: “Emlanganlar uchun pandemiya yakunlandi”

 

Avstriyada to‘liq emlangan fuqarolar uchun koronavirus pandemiyasi yakunlandi. Bu haqda mamlakat kansleri Sebastyan Kurs maʼlum qilgan.

 

Kansler shu bilan birga bu koronavirusning butkul yo‘qolib ketishini anglatmasligini aytgan. Kurs to‘liq emlangan fuqarolarga lokdaun joriy qilinmasligiga vaʼda bergan. Shu bilan birga amaldor vaksina olishni istamaganlarni kundalik hayotida cheklovlar bo‘lishiga tayyor turishga chaqirgan.

 

Sebastyan Kurs majburiy emlanishga qarshi chiqqan kam sonli davlat rahbarlaridan biri. U koronavirus bilan kasallanish ortishi fonida aholiga murojaat bilan chiqqan. Avstriyada 2021 yil avgustidan buyon Covid-19 holatlari ko‘paygan.

 

So‘nggi vaqtlarda dunyoda koronavirus bilan kasallanish yana ortmoqda. Olimlar buni “delta-shtamm”ning tarqalishi bilan bog‘layapti.  Ko‘p davlatlarda cheklovlar va majburiy emlashga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, Tailandda 7 sentyabr kuni norozilik aksiyalari bo‘lgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика