1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Avtomobil benzini qaysi oyda ko‘p ishlab chiqarilgani aytildi

Maʼlumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-oktyabr oylarida 902,7 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

Avtomobil benzini qaysi oyda ko‘p ishlab chiqarilgani aytildi

 

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, joriy yilning mart oyida eng ko‘p avtomobil benzini ishlab chiqarilgan. Aprel oyiga kelib esa ko‘rsatgichlar hajmi pastlab ketgan. Keyingi jarayonlarda ishlab chiqarish hajmi bir oz ko‘tarilgan va deyarli barqaror holatga kelgan.

 

Oylar kesimida avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi:

🔸yanvar – 93,9 ming tonna;

🔸fevral – 91,4 ming tonna;

🔸mart – 106 ming tonna;

🔸aprel – 77,3 ming tonna;

🔸may – 87,6 ming tonna;

🔸iyun – 90,3 ming tonna;

🔸iyul – 85,7 ming tonna;

🔸avgust – 97,2 ming tonna;

🔸sentyabr – 85,9 ming tonna;

🔸oktyabr – 87,5 ming tonna.

 

Avvalroq O‘zbekistonda eng ko‘p benzin qaysi hududda ishlab chiqarilgani maʼlum bo‘lgani hamda 10-15 kunda benzin narxi o‘zgarishi haqida xabar berilgandi.

 

Shuningdek, quyida “Neft o‘zimizniki, zavod o‘zimizniki, nega benzinning narxi “o‘zimizniki” emas?” nomli maqola bilan ham tanishishingiz mumkin. 

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика