1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda eng ko‘p benzin qaysi hududda ishlab chiqarilgani maʼlum bo‘ldi

Eng ko‘p avtomobil benzini Buxoroda ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi maʼlum qildi.

O‘zbekistonda eng ko‘p benzin qaysi hududda ishlab chiqarilgani maʼlum bo‘ldi

 

 

Qo‘mita xabariga ko‘ra, respublikada 2021 yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 546,5 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

 

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarish hajmidagi o‘sish 4,6 foizni tashkil etdi.

 

Avtomobil benzini ishlab chiqarish 2021 yilning: 

  • yanvar oyida 93,9 ming tonna (o‘sish surʼati 0,3 foiz);

  • yanvar-fevral oylarida 185,3 ming tonna (7,4 foiz);

  • yanvar-mart oylarida 291,3 ming tonna (3,0 foiz);

  • yanvar-aprel oylarida 368,6 ming tonna (0,8 foiz);

  • yanvar-may oylarida 456,2 ming tonna (3,4 foiz)ni tashkil etdi.

 

Avtomobil benzini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan avtomobil benzinining jami hajmida eng yuqori ulushlar Buxoro viloyati 78,8 foiz, Farg‘ona viloyati 21,1 foiz hamda 0,1 foiz bilan Qashqadaryo viloyati hissasiga to‘g‘ri keldi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика