1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Avtomototransport sotib olishdagi muammolar bartaraf etildi

Endilikda rasmiy hisob-maʼlumotni yo‘l harakati xizmatiga faqat elektron shaklda taqdim etish joriy qilinadi.

Avtomototransport sotib olishdagi muammolar bartaraf etildi

 

2022-yilning-2 fevralida Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini sotib olish jarayoniga axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.

 

Mazkur qarorga ko‘ra, 2022-yil 1-apreldan “UzAuto Motors” AJ tomonidan avtomototransportni xarid qilish bo‘yicha shartnoma tuzgan shaxsga avtomatik ravishda rasmiylashtiriladigan hisob-maʼlumot beriladi.



Mazkur tartib orqali avtomobil sotib olishda haqqoniy xaridorlarga ustuvorlik beriladi. Yaʼni, fuqarolarning avtomototransport sotib olish uchun olgan shartnomalarini boshqa shaxslarga sotishining oldi olinadi. 

 

Shartnoma kimning nomiga rasmiylashtirilib Yo‘l harakati xizmati bazasiga kiritilgan bo‘lsa, avtotransport o‘sha shaxs nomiga rasmiylashtiriladi. 

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq avtotransport vositalarini tonirovka qilish bo‘yicha yangi tartib belgilangani  hamda sug‘urta polisini olmaganlik uchun jarima ikki baravarga kamaytirilgani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика