
Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, Xalqaro Moliya korporatsiyasi (XMK) texnik ko‘magida Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumani va Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida har birining quvvati 220 MVtdan bo‘lgan ikkita quyosh fotoelektr stansiyalari (QFES) loyihalari uchun ochiq tender savdolari o‘tkazildi. Tender natijalariga ko‘ra, “Masdar” kompaniyasining barcha bosqichlardan o‘tish natijalariga ko‘ra, 2021 yilning may oyida mazkur kompaniya ushbu loyihalarning g‘olibi deb topildi. Marosimda ishtirok etgan “Masdar” kompaniyasi bosh direktori Muhammad Jamil Al Ramohiy quyidagilarni qayd etdi: “Ushbu loyihalar O‘zbekiston mintaqadagi toza energiya loyihalarida yetakchi rol o‘ynayotganini va iqlim o‘zgarishiga qarshi global harakatlarga o‘z hissasini qo‘shayotganini taʼkidlamoqda. Bu juda muhim vazifa hisoblanib, bu borada biz sizga yordam beramiz”.
“Masdar” kompaniyasi ushbu loyihalarga 300 million AQSH dollarigacha investitsiya kiritishi, loyihalar 2021 yilning dekabriga qadar moliyaviy yopilishi mo‘ljallangan. Qurilish ishlari 2022 yilning birinchi choragida boshlanishi kutilmoqda.


