
Bayden jurnalistlar jamoasiga nutqini boshlagan paytda Afg‘oniston haqida savollar berilgan. Xususan, undan toliblar hukmronligini tan olish masalasi so‘ralgan.
“Bungacha hali ancha bor”, — deb javob qaytargan prezident.
Maʼlumot o‘rnida: 15 avgust kuni “Tolibon” Kobul shahrini egalladi. AQSH harbiylari 31 avgust kuni Afg‘onistonni to‘liq tark etdi. Bu mamlakatdagi AQSHning 20 yillik harbiy ishtirokiga yakun yasadi.
“Tolibon” 6 sentyabr kuni bo‘ysundirilmagan so‘nggi viloyat — Panjsherni ham o‘z nazoratiga oldi. Shundan keyin butun Afg‘onistonda hokimiyat ushbu harakat qo‘liga o‘tdi.
Hozirgacha “Tolibon” hukmronligini hech qaysi davlat tan olmagan. Bunga BMTning toliblarni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarib tashlamagani sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Shunday bo‘lsa-da, ayrim davlatlar harakat bilan ishchi aloqalarni o‘rnatgan. Shuningdek, “Tolibon” bilan muloqot o‘rnatish muhimligi taʼkidlangan. Buyuk Britaniya va Germaniya buning tarafdori.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Panjsher qarshilik kuchlari yetakchisi Ahmad Masʼudning murojaatnomasi haqida xabar berilgandi.
Jahongir Qo‘ziyev


