
Maʼlum bo‘lishicha, 4 nafar afg‘onistonlik – uch erkak va bir ayol Afg‘oniston elchixonasini ikki soat davomida egallab turdi. Bundan ko‘zlangan maqsad – Belgiya hukumatining toliblar hukumatini tan olmaslikka chaqirish bo‘lgan.
Voqea ishtirokchilari Twitter orqali murojaat yo‘llab, ushbu norozilik aksiyasi tinch xarakterga ega ekanini maʼlum qilgan. Ular shu orqali “Tolibon”ni afg‘on xalqining qonuniy vakili emasligiga eʼtibor qaratishga harakat qilgan. “Afg‘onistonda qonuniy hukumat bo‘lmas ekan, biz toliblarning o‘tish hukumatini tan olmaymiz”, – degan ishtirokchilar.
Ular mahalliy vaqt bilan 04:30 da elchixonaga bostirib kirgan va 06:30 da mahalliy politsiya tomonidan olib chiqilgan.
Bundan avval “Tolibon” BMT sessiyasida ishtirok etmoqchi bo‘lgani va yuzlab afg‘on diplomatlari taqdiri nomaʼlumligicha qolayotgani xabar qilingandi.
Jahongir Qo‘ziyev


