TikTok maʼlumotlarni himoya qilish qonunini bir necha marta buzganlik uchun 12,7 mln funt sterling (15,88 million dollar) to‘lashi kerak bo‘ladi. Gap 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarning shaxsiy maʼlumotlaridan ularning ota-onalari roziligisiz foydalanish haqida bormoqda. Bunday jarimani Britaniyaning maʼlumotlarni himoya qilish xizmati belgiladi.
TikTok ushbu platformadan foydalanayotgan Buyuk Britaniyadagi 13 yoshgacha bo‘lgan 1,4 millionga yaqin bolalarning ota-onalaridan rozilik olmagan.
Shuningdek, markaz TikTok o‘z platformasidan kim foydalanayotganini tekshirish uchun yetarli ish qilmaganini taʼkidladi. Shuningdek, u voyaga yetmaganlarning kirishini yopish uchun yetarli choralar ko‘rmayapti.