1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston / 
  4. Paypog‘i yirtilgan qirol

17:02 / 11.02.2023

1.1k

Paypog‘i yirtilgan qirol

Paypog‘i yirtilgan qirol

Qirol Charlz xasismi yoki...?

 

Buyuk Britaniya qirolining kiyinish uslubi va undagi ayrim xatolar kuzatuvchilar muhokamasiga sabab bo‘lmoqda.

 

Masalan qirol masjidga kirishda oyoq kiyimini yechganida uning paypog‘idagi teshigini butun dunyo ko‘rdi. Ammo ayrim moda donishmandlari buni aksincha, qirolning oliy tabaqaga tegishi ekani bilan izohladi. Eskirgan paypoq qirollik oilalarida xuddi polo dastgohi va qo‘lqop ustidan uzuk taqish kabi uniformaga aylangan.

 

Ular agar rostan ham yuqori qatlamga mansub bo‘lsangiz, garderobingiz ham oila daraxtingizdek qadimiy bo‘lishi kerakligini aytadi.

 

Ammo qirolning eski kiyimlari u o‘z stili haqida qayg‘urmasligini bildirmaydi. Masalan u chang‘i uchayotganida sharfini bog‘lashi, safari uchun kiyimlari bilan tarixda yashagan har qanday mashhur insondan oldinda turadi.

 

Shunga qaramay, qirollik oilasi bir necha avlod foydalanishi mumkin bo‘lgan, meros bo‘lib o‘tadigan kiyimlarni qadrlaydi, Charlz ham bu qoidalarga bo‘ysunadi.

 

Qirollarga xoslikni qanday detallar namoyish qiladi?

 

Eski paypoqlar

Qirol Charlzning paypoqlari Sevil-Roudagi kostyum tikuvchisidan olinadi. Ularning har biri 30 funt sterlingdan qimmat bo‘lib, ipak va jun aralashmasidan tikiladi va qo‘lda yuvishni talab qiladi

 

Tirtiq yoqa

Qirol yanvar oyida Muqaddas Lavrentiy cherkorviga borganida sal eskirgan yoqali Turnbull & Asser brendiga tegishli ko‘ylakda edi. Qirol kiyimning umumiy holati yaxshi bo‘lsa, yangisini olish kerak emas, deb hisoblaydi.

 

Keng kostyum

Kostyumlar borasida qirol Charlz Anderson & Sheppard brendini afzal ko‘radi. Bu brend kostyumlari sal kengroq va yengilroq ko‘rinishi bilan mashhur. Yuqori tabaqa vakillari biror voqeaga qattiq tayyorlanganini ko‘rsatgisi kelmaydi.

 

Yamalgan jaket

Qirol Charlzning norasmiy kiyimlari yamalishdan charchamaydi. Uning deyarli butunlay quroq ko‘rpaga aylangan sevimli jaketi ham bor. Ayrim kiyimlardagi yamoqlar shunchalik eskiligidan yaltirashni boshlagan.

 

G‘ijimlangan charm oyoq kiyim

Qirol Crockett & Jones kompaniyasining qo‘lda ishlangan charm oyoq kiyimlarini kiyadi. Ammo yillar o‘tishi bilan oyoq kiyim yamalgan, g‘ijimlangan va umrini uzaytirish maqsadida konditsionerga bo‘ktirilgan holatga kelib qolishi mumkin. Uning marhum otasi shahzoda Filipp ham oyoq kiyimlariga shunday munosabatda bo‘lgan. U to‘yida kiygan tuflisini 2021 yilda vafot etmagunicha 70 yil davomida kiygan.

 

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика