1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda "rangli" qor yog‘di

Uzgidrometeorologiya xizmatining xabar berishicha, 17-noyabr soat taxminan 10:30 da qor qatlami 12 sm. ni tashkil etgan.

Toshkentda "rangli" qor yog‘di

 

Yog‘in tarkibini aniqlash uchun qordan namunalar olingan (pH (kislotalilik), elektr o‘tkazuvchanlik va ion). Tahlildan maʼlum bo‘lishicha, ifloslangan qor qatlamlari tarkibida qizg‘ish loy rangli modda kuzatilgan. Bunga 4 noyabrda Qozog‘iston janubida va 16 noyabrda Buxoro viloyatida kuzatilgan qum bo‘ronlari sabab bo‘lganligi aytilmoqda.

 

Garchi Toshkentda 14-noyabrda yog‘inlar yog‘ib havo tozalangan bo‘lsa-da, Buxoro viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmadi. 17 noyabrda esa respublikaning butun xududiga shamol va baʼzi joylarda qumli bo‘ron bilan sovuq nam havo massasi kirib keldi.

 

 “Shamol tezligidan ko‘tarilgan chang masofaga ko‘chdi va tuproq va qum rangini bo‘yab Toshkent shahriga cho‘kdi”, - deyiladi Gidrometeorologiya xizmati xabarida.

 

Atmosfera havosi tahlil natijalari ko‘rsatkichlariga ko‘ra, qorning pH-9.6 ni tashkil etdi. Bu ishqorli muhit deb baholanmoqda. Chunki odatda pH-7 bo‘ladi.

 

Shuningdek, elektr o‘tkazuvchanlik 73.2 ni tashkil etgan, bu anionlar va kationlarning uncha katta bo‘lmagan konsentratsiyasidan dalolat beradi va inson salomatligiga ziyon yetkazmaydi.

 

“5:10 da Toshkent shahrida atmosfera havosida muallaq zarralarning keskin oshishi qayd etildi, ular 2.3 REMni tashkil etdi. Yog‘inlar yog‘ishi natijasida havoni tozalanishi sodir bo‘ladi”, - deyiladi xabarda.

 

Avvalroq Buxorodagi binolar qum bo‘roniga dosh berolmagani hamda chang bo‘roni tufayli "Tez yordam"ga chaqiriqlar soni oshgani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика