Ayni vaqtda o‘tayotgan viloyat Kengashi sessiyasida Erkinjon Turdimov muammoli masalaga fikr bildirdi:
— Mana shu masalani ko‘tarib chiqqan jurnalist va blogerlarga rahmat. Bundan rahbarlar xulosa qilishi kerak. Tanqid qilgan odamni yomon ko‘rish kerak emas, ko‘tarilgan muammoni hal etishi lozim.
Tanlovni o‘tkazishga masʼuliyatsizlik bilan yondashgani uchun tuman hokimining yoshlar siyosatiga masʼul o‘rinbosariga dastlab hayfsan, berilgandi. Ammo kecha vazifasidan ozod etdik.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq tanlov g‘olibiga eski noutbuk berilgani yuzasidan o‘rganish ishlari boshlangani hamda Samarqandda “1 million dasturchi” IT tanlovi g‘olibiga eski noutbuk berilishi ortidan yana bir mutasaddi ishdan bo‘shatilgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova


